Sayt test rejimida ishlamoqda

Kompaniya tashkil topishi tarixi

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-son hamda Toshkent shahar hokimining 2003-yil 27-dekabrdagi 912-son qarorlariga asosan Toshkent shahrida olib boriladigan qurilish, rekonstruksiya, mukammal ta’mirlash va jihozlash hamda obodonlashtirish ishlarida buyurtmachi vazifasi yuklatilgan.

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injinring kompaniyasi

Kompaniyaning asosiy faoliyat turi bu O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kompaniyaga tegishli asos bo‘ladigan hujjatlarga muvofiq hamda hujjatlarda belgilangan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida loyihaoldi va loyihalash ishlari, ekspertiza xulosalarini olish, barcha turdagi qurilish-montaj ishlarini texnik olib borish va obyektlarni foydalanuvchi tashkilotga topshirish.

Bugungi kunda kompaniya investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan buyurtmachi xizmatini tashkil qilish, qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 321-son qaroriga muvofiq ish faoliyatini olib bormoqda.

Kompaniya tashkiliy tuzilmasi

Kompaniya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-maydagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 321-son qaroriga muvofiq olib boradi.

Rahbariyat content

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi 321 qarori

Kapital Qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida

Tashkilot ustaviRahbariyatKompaniya tashkiliy tuzilmasi

Davlat tashkilotlari haqida ma'lumotlar

O'zbekiston Respublikasi Hukumat Portali

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo'mitasi

Davlat Xaridlari Savdo Tizimi

Taraqqiyot Strategiya Markazi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O'zGASHKLITI

O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali

Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlar Markazi

Biz bilan istalgan qulay usulda bog'laning